Sayt Haqida

 

XXI asr - axborot asri. Shunday ekan, farzandlarimizning zamonaviy axborot texnologiyalariga,kommunikatsiya sohasiga qiziqishi tabiiy va bu quvonarlidir.

 

Biz ertangi kunga qat'iy ishonch bilan qarab, yuksak maqsadlar bilan yashayotgan xalqmiz. Intellektual boylik asrida yuksak intellektual salohiyatga ega xalq jadal rivojlanadi.

Islom Karimov, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti

 

Salom, do'stim!

Yurtboshimiz intellektual, ya'ni aqliy salohiyatga bunchalik e'tibor qaratayotganlari bejiz emas. Bugungi kunda aqlu idrok, ilmu fan xalqni - xalq, millatni - millat qiluvchi kuchga aylandi. Har bir davlat yosh avlodni dunyoning yetakchi universitetlarida o'qitib, ilmiy salohiyatning mustahkam bo'lishi xususida qayg'urmoqda. Yurtimizda ham Vestminister Universiteti, Turin Universiteti kabi oliy o'quv yurtlari ochildi. Bular bari yoshlarning kelajakda jahon andozalari darajasida, hech kimdan kam bo'lmagan ilm sohibi bo'lishlari uchundir.
XXI asr - axborot texnologiyalari asri. Shunday ekan, intellektual salohiyatni yuksaltirishni zamonaviy texnologiyalarsiz tasavvur ham qilib bo'lmaydi. Davlatimiz tomonidan barcha ta'lim muassasalarini, ma'rifat maskanlarini kompyuterlashtirish, Internet tarmog'iga ulash, ma'rifiy Internet termoqlarini yaratishga alohida ahamiyat berilayotganligi ham shundan.
Shu o'rinda bir jihatni aniq bilib olishimiz lozim: kompyuterlashtirish - bu ishning boshlanishi, xolos. Endi asosiy vazifamiz ana shu kompyuterlar va texnologiyalar yordamida o'z bilimimizni kengaytirib, salohiyatimizni oshirishdir. Bu yo'lda har bir o'g'il-qizdan nima talab qilinadi?
Avvalo kompyuter, Internet va uyali telefonlardan foydalanishni o'rganish. O'rganganda ham chuqur, puxta bilib olish. Ikkinchi vazifa - ulardan foydalanish madaniyatiga amal qilish. Ha, ha, har bir narsada bo'lgani kabi, axborot texnologiyalaridan foydalanishning ham o'z odobi, axloqiy qonun-qoidalari va talablari bor. Yana shuni ham unutmaslik kerakki, axborot texnologiyalari - bu bir vosita. U egasiga foyda ham keltirishi mumkin, zarar ham. Shunday ekan, uni to'g'ri yo'lda, samarali ishlata bilish kerak. Salbiy ta'sirlaridan doimo ogoh bo'lish zarur.
Qanday qilib? Ana shu savol tug'ilganda sizga "iTex.Uz" sayti yordamga keladi. Sayt maqolalari orqali siz o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob olasiz. Agar topa olmasangiz, savol-javob qismiga yozing, biz albatta javob beramiz.
Zero sizu bizning maqsadimiz bir - intellektual salohiyati kuchli, buyuk ajdodlariga loyiq avlod bo'lib kamol topish. Ularning bunyodkorlik, kamolot yo'lidagi ishlarini davom ettirib, jonajon O'zbekistonimizni jahonga tanitish.
Bu yo'lda iTex.Uz sayti sizning ishonchli hamrohingiz!

Saytimiz va saytimizdagi fayllar 100 % TAS-IX xududida joylashgan bo'lib siz bemalol foydalanishingiz mumkin.

 

шаблоны для dle Ћучший сайт где можно посмотреть фильмы онлайн бесплатно и регистрации
Ommabop yangiliklar