Bu qiziq / Qurilmalar
0
05.08.2017 12:49 Manuchehr 228 0

KIRITISH-CHIQARISHNING PARALLEL, KETMA-KET VA BOSHQA INTERFEYSLARI

Kiritish-chiqarish portlari

 

      Ketma-ket portlar, parallel portlar, universal ketma-ket shina (Universal Serial Bus - USB), IEEE-1394 (i.Link yoki FireWire) - bularning barchasi kiritish-chiqarish interfeyslaridir. PC da qo'llaniladigan asosiy kommunikatsiya vositalari ketma-ket va parallel portlaridir. Ketma-ket portlarga odatda ma'lumotni komyuterga uzatishi va kompyuterdan qabul qilishi lozim bo'lgan ikki taraflama yo'nalgan qurilmalar ulanadi.

 

Ketma-ket portlar

 

      Ketma-ket asinxron interfeys - kompyuterlar o'rtasida ma'lumot almashinuvini ta'minlovchi asosiy interfeys turidir. Asinxron termini ma'lumotlar uzatilishida hech qanday sinxronlovchi signallar ishlatilmasligini va alohida olingan simvollar ixtiyoriy intervallarda uzatilishi mumkinligini (masalan, klaviaturadan ma'lumotlarni kiritganda)anglatadi. Ketma-ket ulanish orqali uzatilayotgan har bir simvoldan oldin boshlang'ich signal, yakunida esa yakunlovhi signal uzatilishi lozim. Boshlang'ich signal - boshlang'ich bit deb nomlanuvchi nol biti. Uning vazifasi - qabul qiluvchi qurilma navbatdagi sakkiz bit ma'lumotlar baytini tashkil etganligi haqida habar berishdir. Simvoldan so'ng bir yoki ikkita yakunlovchi bitlar uzatiladi.

      Boshlang'ich signal - bu boshlang'ich bit deb nomlanuvchi nol bitidir. Uning vazifasi qabul qiluvchi qurilmaga navbatdagi sakkiz bit bir bayt ekanligi haqida habardor qilishdan iborat. Ketma-ket termini shuni anglatadiki, ma'lumot uzatilishi bir o'tkazuvchi orqali amalga oshiriliadi, bitlar esa ketma-ket uzatiladi. Bunday aloqa turi telefon tarmog'i uchun hos bo'lib, bunda har bir yo'nalishga alohida o'tkazuvchi xizmat ko'rsatadi. Ketma-ket porlarga turli hil qurilmalar ulanishi mumkin: modemlar, plotterlar, printerlar, boshqa kompyterlar, shtrix-kodlarni o'quvchi qurilmalar. Ketmaket portlar konfiguratsiyasi Ketma-ket portga uzatiluvchi har bir navbatdagi bayt albatta kompyuter tomonidan qayta ishlanishi kerak. Bu esa uzilishga so'rov kelgan tarmoqqa signal yuborish orqali amalga oshiriladi. 8 razryadli ISA sistema shinasida bunday tarmoqlardan 8 ta, 16 razryadli ISA shinasida esa 16 ta tarmoq mavjud.

 

Parallel portlar

 

      Parallel portlarda ma'lumot baytining bir vaqtning o'zida uzatilishi uchun 8 ta tarmoq qo'llaniladi. Bu interfeys yuqori tezligi bilan ajralib turadi va ko'pincha kopmyutergaprinterni ulashda yoki bir nechta kompyuterlardan iborat tarmog'ni yaratishda qo'llaniladi (chunki bunda ma'lumotlarni uzatish tezligi ketma-ket portlarga nisbaatan sezilarli darajada oshadi: bir vaqtning o'zida 1 bit emas, balki 4 bit uzatiladi). Ulanish simlari juda uzun bo'la olmasligi parallel portning eng asosiy kamchiligidir. Ulanish kabel juda uzun bo'lib ketsa, bu kabelga oraliq signal kuchaytgichlarining qo'shilishii talab etiladi.

Parallel portlarga ulanuvchi qurilmalar

 

     IBM PC ning dastlabki modelini ishlab chiqaruvchilar parallel port faqat printerni ulash uchun qo'llanilishini tahmin qilishgan. Biroq so'nggi yillarda parallel port orqali kompyuterga ulanadigan juda ko'p qurilmalar ishlab chiqarildi. Parallel portlarga barcha mavjud qurilmalar: magnit lentalarda to'plagichlarda tortib, to tarmoq adapterlari hamda CD-ROM to'plagichlarigagacha ulanishi mimkin.

 

USB universal shinasi

 

      USB universal ketma-ket shinasi USB (Universal Serial Bus) shinasi yordamida ko'p miqdordagi periferik qurilmalarning kopmyuterga ulanishi mumkin. Qurilmani USB ga ulashda sistema platasi razyomlariga platalarning ulanishi hamda sistemaning qayta sozlanishi talab etilmaydi. Bundan tashqari IRQ (uzilish so'rovlar) kabi muhim bo'lgan sistema resurslari samarali ishlatiladi. USB shinasi bilan jihozlangan kopmyuterlarga periferik qurilmalarning ulanishida uning sozlanishi fizik ulanishidanoq avtomatik ravishda bajariladi.

      USB satndartining ishlab chiqarilishiga asosiy sababchi Intel firmasi hisoblanadi. Intel firmasi bilan biq qatorda universal ketma-ket shina ustida Compaq, Digital, IBM, Microsoft, NEC, Northern Telecom kabi yana 7 ta kompaniya ish olib borgan. Bu firmalar USB Implement Forum forumini yaratib, bu forumning maqsadi USB arxitekturasining rivojlanishi qo'llab-quvvatlanishi hamda keng tarqatilishidan iborat. Univrsal ketma-ket shina - bu 12 Mbit/s tezlik bilan ishlaydigan hamda sodda 4 simli ulanishdan iborat bo'lgan interfeysdir. Bu shina 127 tagacha qurilmalarning ulanishini ta'minlab, unda kengaytiruvchi kondensatorlarga qurilgan yulduz topologiyasi ishlatiladi. Ular sahxsiy kompyuterda, ixtiyoriy USB periferik qurilmada qo'llanilishi va hattoki alohida qurilma vazifasini bajarishi ham mumkin. Klaviatura va sichqoncha kabi quyi tezlikli periferik qurilmalar uchun universal ketma-ket shinasida 1,5 Mbit/s tezlikka ega bo'lgan kanalosti mavjud. Bir vaqtning o'zida bir nechta USB qurilmalarning ulanishi uchun konsentrator ishlatish lozim. Konsentrator yordamida bitta USB portiga kalviatura, sichqoncha, raqamli kamera, printer, telefon va boshqa qurilmalarning ulanish imkoniyati mavjud. Kompyuterda ildiz konsentrator deb nomlanuvchi modul o'rnatiladi. Bu modul qolgan barcha qurilmalarning ulanishi uchun boshlang'ich nuqta hisoblanadi. Deyarli barcha sistema platalari ikkita USB portiga ega. Rasmda tipik konsentratorning sxemasi ko'rsatilgan. Maksimal tezlikda ishlovchi ikkita qurilma yoki qurilma hamda konsentrator orasidagi kabelning maksimal uzunligi 5 metrga teng. USB razyomi (shtepsel) shaklan kichik bo'lib, ketma-ket yoki parallel portlarga ulanadigan tipik kabeldan faqli o'laroq vintlar yordamida qotirilmaydi. USB shtepseli shaxsiy kompyuterdagi USB razyomiga ulanadi.

      USB shinasi Intel firmasining Plug And Play texnologiyasi talablariga, shuningdek issiq ulanish talabiga javib beradi, ya'ni sistemaning qayta yuklanishi hamda elektr manbaidan uzilishini talab etmagan holda kopmyuterga ulanishi mumkin. Qurilma kompyuterga ulanishi bilanoq, kompyuterga ulangan USB kontrollyor qurilma faoliyati uchun zarur bo'lgan resurus hamda drayverlarni aniqlab, qo'shib qo'yadi. USB qurilmalari yordamida periferik qurilmalarning o'zaniqlanishi amalga oshiriladi va shu bilan ularning o'rnatilishini osonlashtiradi. Bunda USB qurilmaning ulanishi yoki o'chirilishida kopyuterni o'chirish yoki sistemani qayta yuklashning hojati yo'q. Biroq birgina shart bajarilishi lozim - operatsion sistema tomonidan USB qo'llab quvvatlanishi kerak.

шаблоны для dle 11.2

Ma`lumotnoma
Xabarga izoh qoldirish uchun iltimos saytimizda ro`yxatdan o`ting.
Ommabop yangiliklar