Bu qiziq / Qurilmalar
1
07.08.2017 14:44 Manuchehr 246 0

Unix operatsion tizimi

UNIX operatsion sistemasi haqida ma’lumot. Unix operasion sistemasining paydo bo’lishiga sabab, bu Ken Tompsonning “Space Travel” kompyuter o’yinini yaratilishi. U MAC ni ishlab chiqish uchun mo’ljallangan, Honeywell 635 kompyuterida 1969 yil amalga oshirgan. Shu vaqtning o’zida Ken Tompson, Dennis Ritchi va boshqalar takomillashgan fayllar sistemasini taklif etishdi, bunga o’xshashi General Electric 645 kompyuterida qo’llanilayotgan edi. Biroq GE-645 kompyuterlari yetarli darajada effektivlikka ega emas edi, Space Travelni qondira olmas edi. Tompson dasturni o’rnini bosuvchi, o’sha vaqtda ishlab chiqarilgan 18-razryadli PDP-7  kompyuterini topdi. Bu kompyuter 4-kiloso’zli tezkor xotirali va sifatli grafikli displeydan iborat edi.

         PDP-7 ga o’yin o’tkazilgan so’ng, Tompson shu kompyuterga oldin ishlab chiqqan fayllar sistemasini qo’llashga ahd qildi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun qo’shimcha  talab BELL LABS kompaniyasining arzon va qulay sistemalarga muhtojligi. Yaqin orada bu fayllar sistemasi PDP-7 da ishlay boshladi, shuningdek, bu sistema inodes degan tushunchani, xotira va prosessorlarni sistema osti boshqarilishini, oddiy komanda interpretatiori va bir necha utilitalarni qo’llaydi. Bularning hammasi UNIX operasion sistemasi edi.

         Bu nomni Brayan Kernigan o’ylab topgan. U ikki foydalanuvchili sistemani UNICS deb kompaniyani taklif etdi. (Uniplexed Information and Compyuteng System). Keyinchalik UNICS UNIX ga aylantirildi.

UNIX operasion sistemasining birinchi foydalanuvchilari bo’lib Bell Labs patentlangan bo’limi ishchilari edi. Biroq PDP-7 bilan bog’liq bir muammolar turar edi.  Birinchidan bu mashina kompyuterlar guruhiga kirmas edi. Ikkinchidan bu kompyuterning imkoniyatlari talab darajada emas edi. Shuning uchun ham  1971 yilda Digital Equipment PDP-11/20 firmasining 16 razryadli kompyuterlari xarid qilindi va unga UNIX ko’chirildi. Shu vaqtgacha assembler tilida yaratilgan sistema varianti bor edi,shuning uchun ham  sistemani ko’chirish oson emas edi: PDP-11 da sistema ko’proq foydalanuvchilarni qondira olar edi. Undan tashqari, matnli hujjatlarni formatlovchi roff utilitasini qo’lladi. U ham assembler tilida yozilgan edi.

1971 yil noyabr oyida operasion sistema UNIX hujjatlari bo’yicha birinchi nashr chiqarildi. Bu “Birinchi nashr”ga asosan hujjatlarga mos bo’lgan tizimning varianti ham shunday nomlandi. Keyinchalik bu an’anagta aylandi: operasion sistema UNIX ning yangi nashri  chiqishda e’lon qilinardi.

Ikkinchi nashr 1972 yil chiqdi. Uning asosiy xususiyati shundaki, sistema “B” (Bi) tilida qayta yozilgan edi. Til hamda dasturlashning qayta ishlovchi tizimi Ken Tompson tomonidan, mavjud BCPL tili ta’sirida ishlab chiqilgan edi. Ushbu nashrda dasturlash kanallari (pipes) paydo bo’ldi.

Yangi, assembler tilida bo’lmagan, tizim variantining paydo bo’lishi salmoqli qadam bo’ldi. Ammo BI tili ishlab chiqaruvchilarni qonditmasdi. BCPL tiliga o’xshash Bi til ham mashina so’ziga asoslanadigan faqat bir turidagina amal qilardi. Doim dasturlash tillari  bilan shug’ullanuvchi Dannes Ritchi tilga turlar tizimini (sistema tipov) qo’shish orqali Bi tilning imkoniyatlarini kengaytirmoqchi bo’ldi. Bu vaqtda operasion sistema UNIX ning 25 taga yaqin qurilmalari mavjud edi, u “4-nashr” edi.

1974 yil iyulida Tompson va Ritchi Communications of ACM jurnalida sistema tarixida yangi bosqichni boshlab bergan UNIX Time Sharing System tarixiy maqolani chop etdilar. Bunga Bell Labs konpaniyasining siyosati sabab bo’ldi. Ular UNIX boshlang’ich tekstlarini bepul olish imkoniyatini e’lon qildi. (pul faqatgina tashuvchi va hujjatlar uchun to’lanardi).

         Shu vaqtga kelib chiqqan “5-nashr”ni birinchi bo’lib Kaliforniya Universiteti (Berkli shahri) va Janubiy Eel’s yan gi universiteti (Avstraliya, Sidney shahri) oldi.

Foydalanuvchi interfeysi.Foydalanuvchi bilan UNIX tizimini aloqasi an’anaviy usul buyruqlar tilida amalga oshadi. (ammo hozirgi davrda grafik interfeyslar ommalashmoqda).

Foydalanuvchi sistemaga kirgach, u uchun buyruqli interpretatorlardan biri joriy etiladi. Odatda tizimda bir-biriga o’xshash, ammo buyruqlar tilining imkoniyatlari bilan farq qiladigan bir necha buyruqli interpretatorlar mavjud bo’ladi. Operasion sistema UNIX ning barcha buyruq interpretatorlarining umumiy nomi-Shell (qobiq), chunki interpretator tizim yadrosining tashqi atrofini tashkil etadi.

Chaqirilgan buyruq interpretatori foydalanuvchiga oddiy buyruq yoki buyruqlar konveyeridan tashkil topgan buyruq qatorini kiritishni taklif etdi. Har bir buyruq bajarilib terminal ekraniga chiqarilgach, Shell  yana buyruq qatorini kiritishni taklif etadi va h.k. Ushbu jarayon ishlatuvchi seansini tugatmaguncha, ya’ni logout buyrug’ini kiritgancha yoki Ctrl=d ni bosgacha davom etadi.

Operasioh sistemasi UNIXda ishlatiladigan buyruq tillari juda oddiy, iste’molchi unda tez ishlashni boshlashi uchun. Ammo murakkab dasturlarni yozish uchun ishlatish mumkin bo’lgan darajada quvvatli hamdir. Oxirgi imkoniyat ixtiyoriy buyruqlar qatorlari ketma-ketligini o’zida saqlashi mumkin bo’lgan buyruq fayllar mexanizmiga asoslanadi. Keyingi buyruq o’rniga  buyruq faylini nomi ko’rsatilganda interpretator faylini qatorma-qator o’qib, ketma-ket buyruqlarni interpritasiya qiladi.

 

Foydalanuvchi imtiyozi. Operasion sistema UNIX yadrosi har bir foydalanuvchini uning interpretatori bo’yicha tekshiradi. U unikal qiymat bo’lib, tizimda registrasiya qilinayotganda unga beriladi. (UID). Bundan tashqari, har bir foydalanuvchi ayrim butun belgi bilan tekshiriladigan foydalanuvchilar guruhiga  kiradi. (GID). Har bir registrasiya qilingan foydalanuvchi uchun UID va GID tizimning hisob fayllarida saqlanadi.

Sistema administratori ham registrasiya qilingan foydalanuvchi sifatida boshqa oddiy foydalanuvchilarga nisbatan katta imkoniyatlarga egadir. Operasion sistema UNIXda bu  muammo UID bir belgisi (nolinchi) ning ajratib ko’rsatilishi yordamida hal etiladi. Bunday UID ga ega foydalanuvchi Supervuser yoki root deyiladi. U ixtiyoriy faylga kirish va ixtiyoriy dasturni amalga oshirishda cheklanmagan imkoniyatga ega. Bundan tashqari, bu foydalanuvchi tizimni to’la boshqarish imkoniyatiga ega. U sistemani to’xtashi yoki buzib qo’yishi ham mumkin.

UNIX dunyosida bunday super foydalanuvchi maqomini olgan kishi albatta nima qilayotganini aniq anglashi kerak. U operasion sistemasi UNIX ning asosiy proseduralarini  yaxshi bilishi shart. U sistemaning xavfsizligi, to’g’ri ishlatilishi,

foydalanuvchilarning qo’shilishi yoki chiqarilishi, doimiy fayllardan nusxa ko’chirishlar, va h.k.lar uchun javobgardir. Super foydalanuvchining yana bir xususiyati shundaki, u uchun foydalaniladigan resurslardan cheklovlar yo’q. oddiy foydalanuvchilar uchun faylning maksimal hajmi, ajratilgan xotira segmentlarining maksimal soni, diskda ruxsat etilgan maksimal hajm va h.k. kabi cheklovlar o’rnatiladi. Super foydalanuvchilar bu cheklovlarnini boshqa foydalanuvchilar uchun  o’zgartirishi mumkin, ammo unga bu ta’sir etmaydi.

 

Dasturlar. Operasion sistema UNIX shular bilan bir qatorda mavjud amaliy dasturlarni ishlatish va yangi qo’llanmalarning ishlab chiqishning operasion muhiti hamdir. Yangi dasturlar yangi tillarda yozilishi mumkin. Ammo operasion sistema UNIX muhitida standart dasturlash tili bu SI tilidir. ( oxirgi paytlarda u SI++ aylantirilmoqda). Buning sababi shuki, UNIX tizimi SI tilida yozilgan va u ancha sifatli standartlashtirilgan tillardan biridir.

Shuning uchun Si tilida  yozilgan dasturlar to’g’ri dasturlash uslubi qo’llanganda yuqori mobillarga ega, ya’ni ularni operasion sistema UNIX yoki boshqa qator operasion tizimlar boshqaruvida ishlaydigan boshqa apparat platformalariga oson o’tkazish mumkin.

(M: DEC OPEN VMS va MS WINDOWS NT).

Ixtiyoriy bajarilayotgan dastur bir yoki bir necha ob’ekt fayllardan tuziladi. Shuning uchun dastur tuzish SI tilidagi tekstlarni saqlagan fayllarni yaratishdan boshlanadi. Bu fayllar o’zgaruvchi yoki funksiya o’zgaruvchilarning global nomlari, shu jumladan, tashqi nomlarga ssilkalarni ham o’z ichiga saqlashi mumkin.

Tekst fayllarni UNIX muhitida qo’llanadigan tekst redaktorlaridan birining yordamida tuziladi. Operasion sistema UNIX ning an’anaviy tekst redaktori Vi bo’lib, uning boshlang’ich nashri Bill Djo tomonidan ishlab chiqilgan. Bu redaktor ancha eski va deyarli barcha terminallarda ishlashi mumkin.

шаблоны для dle 11.2

Ma`lumotnoma
Xabarga izoh qoldirish uchun iltimos saytimizda ro`yxatdan o`ting.
Ommabop yangiliklar