Xavfsizlik / Bu qiziq / Qurilmalar / Dasturlash
0
05.08.2017 12:45 Manuchehr 243 0

ASOSIY KIRITISH-CHIQARISH SISTEMASI

BIOS asoslari

      Foydalanuvchilar ko'pincha kompyuterning programma hamda apparat qismlari orasidagi farqini ko'rmaydilar. Buni sistema komponentlarining yuqori integratsiyalanishi bilan tushuntirish mumkin. Kompyuter komponentlari o'rtasidagi farqni aniq tasavvur qilish BIOS rolini tushunib etishga yordam beradi.

      BIOS - bu asosiy kiritish-chiqarish sistemasini ifodalash uchun qo'llaniladigan termindir. Mohiyati bo'yicha BIOS sistemaning programma va apparat qismlari o'rtasidigi "oraliq qatlam" ni tashkil etadi. Aksariyat foydalanuvchilar BIOS deganda  qurilmalarning drayverlarini nazarda tutishadi. Sistema BIOS idan tashqari, sistema yuklanishi davomida yuklanadigan adapterlar BIOS i ham mavjud. Shunday qilib, asosiy kiritish-chiqaris sistemasi - bu barcha turdagi BIOS larning kombinatsiyasi hamda qurilmalarning yuklanuvchi drayverlari kombinatsiyasidir. Sistema platasidagi mikrosxema yoki adapterlar platasi tarkibidagi BIOS qismi firmware deb nomlanadi (aynan shu mikrosxemalarning mavjudligidan foydalanuvchilar ko'pincha BIOS ni kompyuterning apparat qismiga kiritishadi).

      Standart PC sistemalari bir biri bilan bog'liq bo'lgan bir necha qatlamdan iborat. Quyidagi rasmda ikkita har xil kompyuter tasvirlanib, ularda apparat ta'minot hamda operatsion sistema va uning ilovalari orasidagi interfeys sifatida unikal BIOS qo'llanilmoqda. Shunday qilib, bu kompyuterlarda turli hil qurilmalar (protsessorlar, qattiq disklar, monitorlar va h.k) o'rnatilib, bu qurilmalarda bir hil programma ta'minoti ishlashi mumkin.

      Ilova va operatsion sistema orasidagi bog'lanish (aloqa) mos API (Application Programming Interface) yordamida amalga oshiriladi. Bu interfeys, masalan, ma'lumotlarni diskka yozish va o'qish, bosmalash va boshqa funksiyalarning qanday qilib bajarilishini aniqlaydi. Ilova kompyuterga o'rnatilgan apparat ta'minotiga bog'liq bo'lmaganligi tufayli, uning buyruqlari o'rnatilgan qurilmalar haqida informatsiyaga ega bo'lgan operatsion sistema  tomonidan qayta ishlanadi. O'z navbatida, operatsion sistema BIOS orqali to'g'ridan-to'g'ri apparata ta'minotiga murojaat qiladi. Bu aloqa qurilmalar drayverlari ko'rinishda amalga oshirilgan va har bir operatsion sistemada bir hil qurilmalar uchun o'zining drayveri lozim. Yuqorida tasvirlanganidek  ilovalar va operatsion sistema aksariyat kompyuterlarda bir hil, BIOS esa ma'lum apparat ta'minotga mos ravishda faoliyat ko'rsatadi va o'rnatilgan qurilmalardan mustaqil ravishda operatsion sistema uchun standart interfeysni ta'minlaydi.

BIOS ning apparat hamda sistema qismlari

      Yuqorida aytilganidek, BIOS apparat ta'minoti hamda operatsion sistema o'rtasidagi interfeysni tashkil qiladi. BIOS standart programma ta'minotiga o'xhsamaydi, chunki sistema platadagi yoki adapterlar platalaridagi mikrosxemalarda joylashgan.

      BIOS standart PC sistemasida :

  • sistema platasining mikrisxemasida joylashgan;
  • adapterlar platalarining mikrosxemalarida, masalan, videoadapterda;
  • yoki diskdan yuklanadi (drayverlar).

      Sistema BIOS i kompyuterning boshlang'ich yuklanishi uchun kerak bo'lgan asosiy komponentlar (klaviatura, dis yurituvchi, qattiq disk, ketma-ket va parallel portlar va h.k) drayverlarini o'z ichiga olgan. Yangi qurilmalarning paydo bolishi (videoadapterlar, CD-ROM yig'uvchilari, SCSI interfeysli qattiq disklar va h.k) bilan ham ularning initsializatsiya protseduralari sistema BIOS iga qo'shilmagan. Kompyuter yoqilganda bunday qurilmalga  zaruriyat yo'q, shuning uchun zarur bo'lgan drayverlar operatsion sistema ishga tushgan vaqtda diskdan yuklanadi. Bu tovush adapterlariga, skanerlarga, printerlarga, PC Card (PCMCIA) va boshqa qurilmalarga taalluqli.

      Biroq ba'zi qurilmalar kompyuterning ishga tushishi davomida zaruriydir. Masalan, ma'lumotning monitorda akslantirilishi uchun videoadapterning aktivizatsiyalanishi lozim, lekin uning qo'llab quvvatlanishi sistema BIOS iga kiritilmagan. Bundan tashqari, hozirgi vaqtda videoadapterlarning juda ko'p turlari mavjud va ularning drayverlarini sistema BIOS iga kiritilmaydi. Bunday hollarda zarur bo'lgan drayverlar shu qurilma platasidagi BIOS mikrosxemasiga joylashtiriladi. Sistema BIOS i esa yuklanish jarayonida videoadapter BIOS ini qidirib, operatsion sistema ishga tushishidan oldin uni yuklaydi.

      BIOS ning bunday joylashishi qurilmalarning yangi modellari paydo bo'lganda (ayniqsa kompyuter yuklanishida ishlatiladigan qurilmalar) sistema BIOS ining doimiy modernizatsiyalanishi oldini oladi. BIOS quyidagi platalarga o'rnatiladi:

  • videoadapterlar - doim hususiy BIOS mikrosxemasiga ega;
  • SCSI-adapterlar - e'tibor bering, bu BIOS barcha SCSI-qurilmalarni qo'llab quvvatlamaydi, ya'ni diskdan CD-ROM to'plagichlari, skanerlar va boshqa SCSI interfeysli qurilmlar drayverlari yuklanadi;
  • tarmoq adapterlari - qurilmaning boshlang'ich initsializatsiyasida yoki disksiz ish stansiya va terminallarda normal ravishda ishlashuchun;
  • IDE yoki disk yurituvchisi yangilanish platalar - sistemaning ishga tushishi jarayonida yuklanuvchi qurilma funksiyasini qo'llab quvvatlash uchun.

Sistema BIOSi

      Barcha sistema platalarida maxsus mikrosxema mavjud bo'lib, bu mikrosxemada BIOS yoki ROM BIOS deb nomlanuvchi programma ta'minoti yozilgan. Bu mikrosxema sistema yuklanishi hamda asosiy programma ta'minoti faoliyati uchun zarur bo'lgan boshlang'ich programma va drayverlarni o'z ichiga olgan. Bundan tashqari bu mikrosxemada POST protsedurasi hamda sistema konfiguratsiyasining ma'lumotlari ham saqlanadi. Yuqoridagi parametrlarning barchasi sistema platasiga qurilgan hamda elektr manbai litiy batareyasi bo'lgan CMOS-hotiraga yozilgan. Bu CMOS-hotirani ko'pincha NVRAM (Non-Volatile RAM) deb ham atashadi.

      Shunday qilib, BIOS bir yoki bir nechta mikrosxemalarda saqlanadigan programmalar komplektini tashkil etadi. Bu programmalar kompyuterning ishga tushishida operatsion sistema yuklanishidan oldin bajariladi. BIOS aksariyat PC kompyuterlarida 4ta asosiy funksiyani bajaradi:

  • POST - protsessor, hotira, videoadapter, disklar kontrollyorlari, disk yurituvchisi, klaviatura va boshqa hayotiy zarur bolgan sistema komponentlarining ishga tushishida (elektr manbaiga ulanishida) o'z o'zini tekshirish.
  • BIOS parametrlarini o'rnatish programmasi (Setup BIOS) - sistema parametrlarini konfiguratsiyalash. Bu programma POST protsedurasining bajarilish vaqida ma'lum klavisha (klavishalar kombinatsiyasi) bosilganda ishga tushadi. Eskirib qolgan 286 va 386 protsessorlar asosida qurilgan kompyuterlarda bu programmani ishga tushirish uchun maxsus disketa zarur.
  • Sistemaning boshlangich yuklovchisi - diskli qurilmalarda bosh yuklovchi sektorning qidirilishini amalga oshirish. Agar bu sektorning so'nggi ikki bayti 55 Aah ga teng bo'lsa, berilgan kod bajariladi.
  • BIOS - sistema ishga tushganda operatsion sistema hamda apparat ta'minotining o'zaro ta'sirlashishi uchun mo'ljallangan drayverlar to'plami. DOS yoki Windows ning himoya rejimida yuklanishida qurilmalarning faqat BIOS dan olingan drayverlari ishlatiladi.

ROM mikrosxemalari

      ROM (Read-Only Memory) - ma'lumotlarni doimiy saqlay olish hususiyatiga ega bo'lgan hotira turidir. Bu yozilgan ma'lumotlar kompyuter elektr manbaidan uzilganda ham saqlanadi. Shunday qilib, boshlang'ich protseduralarni (va BIOS ni) saqlash uchun ROM hotirasi boshqa hotiralarga nisbatan qulayroq. Bu turdagi hotira boshqa BIOS li qurilmalarda, masalan, videoadapterlarda qo'llaniladi.  ROM mikrosxemalari juda sekin ishlaydi, shuning uchun ko'p sistemalarda ROM ishga tushishi oldidan undagi ma'lumotlar dinamik operativ hotiraga ko'chiriladi. Bu protsedura yordamida faqat 16 razryadli DOS yoki Windows 3.x turidagi sistemalarning ishlash tezligini oshiradi. Agar kopmyuter 32 razryadli operatsion sistema tomonidan boshqariladigan bo'lsa, yuqorida aytib o'tilgan protseduraning sistema  uchun deyarli hech qanday foydasi yo'q, chunki bunday operatsion sistemalar ROM dagi 16 razryadli kodni ishlatmaydi. Buning o'rniga bunday operatsion sistemalar 32 razryadli drayverlar bilan asosiy kiritish-chiqarish sistemasining 16 razryadli kodini almashtirib operativ hotiraga yuklaydi. Shunday qilib, BIOS 16 razryadli kodi faqatgina sistema ishga tushishi davomida ishlatiladi.

      ROM hotira mikrosxemalarining 4 ta turi mavjud:

  • ROM (Read-Only Memory)
  • PROM (Programmable ROM). Programmalanuvchi ROM.
  • EPROM (Eraseble PROM). O'chiriladigan programmalanuvchi ROM.
  • EEPROM (Electrilcally Erasable PROM). Elektron-o'chiriladigan programmalanuvchi ROM (Flash ROM deb ham nomlanadi).

      ROM hotira turidan qat'iy nazar, undagi ma'lumtlar ataylab ochirilmagunga qadar saqlanadi.

шаблоны для dle 11.2

Ma`lumotnoma
Xabarga izoh qoldirish uchun iltimos saytimizda ro`yxatdan o`ting.
Ommabop yangiliklar