Tryuklar / Bu qiziq / Dasturlash
0
11.08.2017 14:34 Manuchehr 349 3

Denwer dasturini local tarmoqlar uchun sozlash

Ko'p web dasturchilar o'zlarining yangi loyihalarini tayyorlashganlaridan so'ng uni foydalanuvchilarga taqdim etishda ba'zi bir muammolar yuzaga keladi. Bu muammolardan biri shuki loyiha uchun Apachi, Mysql, PHP server yetishmaslik muammosi. Siz qandaydur korxona yoki tashkilot uchun ma'lumotlar saqladigan web dastur yaratdingiz va bu dastur butur bir korxona bo'yicha ishlatilishi kerak, demak sizda ushbu dasturni barcha foydalanuvchilar uchun taqsimlash muammosi tug'ildi. Agarda siz ushbu dasturni global tarmoqdagi biron bir hostingga joylamoqchi bo'lsangiz bu ko'rxona uchun ma'lum bir noqulayliklar tug'dirishi mumkin: hostingga to'lov qilish, har bir kompyuter uchun internet tarmog'i yetkazib berish va bu ish korxona rahbari uchun qimmatga tushadi. Muammoni hal erish uchun biz shu korxonadagi biron bir asosiy komyuterdan foydalanib undan server sifatida foydalanamiz va foydalanuvchilar ushbu serverga LAN yoki WiFi tarmog'i orqali ulana olishadi.

 

Demak ishni boshladik:

  

Denwer dasturini kerali server kompyuterimizga o'rnatib olamiz va server ip manzillarini statik manzilga o'rgartiramiz. Buning uchun "Центре управления сетями и общим доступом"dan "Изиенение параметров адаптера" bo'limiga kiramiz kerakli adapterni tanlab uning ustiga sichqonchani o'ng tomonini bosamiz va "Свойтва" menyusiga kiramiz.

 

Bu yerdan "Протокол Интернета версии 4 (TCP/IPv4)" bo'limiga kiramiz. "Использовать следующий IP-адрес" qismiga belgi qo'yamiz.

 Va ushbu sozlamalarni kiritamiz:

 

 

IP-адрес:  192.168.11.1
Маска подсети: 255.255.255.0
Основой шлюз: 192.168.11.1 (Mening internet modemim ip manzili 192.168.11.1 bo'lgani uchun shu manzilni qo'lladim)

Предпочитаемый DNS-сервер: 192.168.11.1 (Bungaham internet modem ip manzilini kiritamiz)​

 

Ma'lumotlar kiritilgach "OK" tugmasini bosamiz. Tarmoq adapteriga biz o'zimizga kerakli sozlamalarni kiritdik va keyinchalik boshqa foydalanuvchilar serverga biz kiritgan IP manzil (192.11.1) orqali murojaat qiladi.

 

 

DENWER DASTURINI LOCAL TARMOQ UCHUN SOZLASH

Denwer dasturida hostlar "/home" papkasidagi boshqa papkalar nomiga nisbatan generatsiya qilinadi. Ya'ni agarda biz "/home" papkasiga "mywebsite" deb papka ochib denwerni ishga tushirsak denwer avtomatik tarzda "mywebsite" papkasi nomiga asoslanib yangi "mywebsite" nomi bilan domen ochadi va biz "mywebsite" papkasi ichiga kerakli scriptlarni tashlab brauzer orqali "mywebsite" domeniga kirib scriptlar natijasini ko'ra olamiz. Bu ishni apachi avtomatik tarda qiladi va shu tarda server ip manzilini "127.0.0.1" ip manziliga sozlaydi demak biz generatorni 127.0.0.1 manzili o'rniga tarmoq adapteri uchun kiritgan ip manzilini bo'yicha ishlatadigan qilamiz.

Buning uchun "/usr/local/apache/conf/" papkasidan "httpd.conf" fayliga o'zgartirish kiritamiz. "httpd.conf" faylini bloknot yordamida ochamiz, fayl ichidan "NameVirtualHost $&{ip:-127.0.0.1}:$&{port:-80}" qismini qidiramiz. Va ushbu qismni topamiz.

 

##
## НАЧАЛО ШАБЛОНА ВИРТУАЛЬНОГО ХОСТА.
##
## Если вы хотите по умолчанию запускать Apache на порту, отличном от 80,
## измените номер порта в следующей далее директиве.
##
#Listen $&{ip:-127.0.0.1}:$&{port:-80}
#NameVirtualHost $&{ip:-127.0.0.1}:$&{port:-80}
#<VirtualHost $&{ip:-127.0.0.1}:$&{port:-80}>
#  DocumentRootMatch "/home/(?!cgi-)(.*)^1/(?!cgi$|cgi-)(.*)"
#  DocumentRootMatch "/home/(?!cgi-)(.*)/public_html^1"
#  DocumentRootMatch "/home/(?!cgi-)(.*)/public^1"
#  DocumentRootMatch "/home/(?!cgi-)(.*)^1/html/(.*)"
#  DocumentRootMatch "/home/(?!cgi-)(.*)^1/domains/(?!cgi$|cgi-)(.*)"
#  DocumentRootMatch "/var/www/html/(?!cgi-)~(.*)^1/(?!cgi$|cgi-)(.*)"
#  DocumentRoot "$&"  
#  ServerName "%&/-www"
#  ServerAlias "%&/-www" "%&/-www/www" $&{host:-}
#
#  $&{directives:-}
#
#  ScriptAlias /cgi/ "$^1/cgi/"
#  ScriptAlias /cgi-bin/ "$^1/cgi-bin/"
#</VirtualHost>

 

 

Ushbu shablonni yangisiga almashtiramiz.

 

##
## НАЧАЛО ШАБЛОНА ВИРТУАЛЬНОГО ХОСТА.
##
## Если вы хотите по умолчанию запускать Apache на порту, отличном от 80,
## измените номер порта в следующей далее директиве.
##
##Listen $&{ip:-127.0.0.1}:$&{port:-80}
#NameVirtualHost $&{ip:-*}:$&{port:-80}
#<VirtualHost $&{ip:-*}:$&{port:-80}>
#  DocumentRootMatch "/home/(?!cgi-)(.*)^1/(?!cgi$|cgi-)(.*)"
#  DocumentRootMatch "/home/(?!cgi-)(.*)/public_html^1"
#  DocumentRootMatch "/home/(?!cgi-)(.*)/public^1"
#  DocumentRootMatch "/home/(?!cgi-)(.*)^1/html/(.*)"
#  DocumentRootMatch "/home/(?!cgi-)(.*)^1/domains/(?!cgi$|cgi-)(.*)"
#  DocumentRootMatch "/var/www/html/(?!cgi-)~(.*)^1/(?!cgi$|cgi-)(.*)"
#  DocumentRoot "$&"  
#  ServerName "%&/-www"
#  ServerAlias "%&/-www" "%&/-www/www" $&{host:-}
#
#  $&{directives:-}
#
#  ScriptAlias /cgi/ "$^1/cgi/"
#  ScriptAlias /cgi-bin/ "$^1/cgi-bin/"
#</VirtualHost>

 

 

Shu fayl ichidan yana bir qismni yangilaymiz. Buning uchun ushbu qismni topamiz.

#
# Denwer utilities.
#
Alias /denwer/ /denwer/www/denwer/
Alias /localhost/ /home/localhost/www/
<Location /denwer>
    Deny from all
    Allow from 127.0.0.1
</Location>

 

Va ushbu sozlamalarga o'zgartiramiz.

 

#
# Denwer utilities.
#
Alias /denwer/ /denwer/www/denwer/
Alias /localhost/ /home/localhost/www/
<Location /denwer>
    Allow from all
    Allow from 127.0.0.1
</Location>

 

Denwer dasrugida qayta yuklash "Restart" buyrug'ini beramiz va brauzerimiz orqali tarmoq adapteri uchun kiritgan ip manzilga (192.168.11.1) kiramiz ushbu manzil orqali Denwer daturining localhost papkasidagi ma'lumotlar ko'rinsa hamma sozlamalar bizda to'gri hisoblanadi va "Firewall" sozmalarini o'zgartirsak bo'ldi. "Firewall" uchun biz "80" portiga boshqa tarmoqlardan ulanishga ruxsat berishimiz kerak.

 

Buning uchun "Панель управлениядан" "Брандмауэр Windows" bo'limiga kiramiz. Bu yerdan "Дополнительные параметры"ga kirib "Правила для исходящего подключения" qismiga o'tamiz va o'ng tomondagi menyudan "Создать правило"ni bosamiz. Yangi ochilgan oynaga kerakli ma'lumotlarni kiritamiz.

 

"Тип правила" bo'limidan "Для порта" qismini tanlaymiz va "Далее" tugmasini bosamiz.

"Протокол и порты" bo'limidan "Определенные удаленные порты" qismiga "80" raqamini yozamiz va "Далее" tugmasini bosamiz.

"Действие" bo'limidan "Разрешить подключение" qismiga belgi qo'yamiz va ikki marotaba "Далее" tugmasini bosamiz.

"Имя" bo'limidan "Имя:" qismiga o'zimizga esda qolarni nomni kiritamiz va "Готово" tugamasini bosamiz.

 

Yana bir marotaba denwer dasturiga qayta yuklash "Restart" buyrug'ini beramiz.

 

Server sozlamalari ishlashga tayyor.

 

LOCAL TARMOQDAGI BOSHQA KOMPYUTER SOZLAMALARI

 

Tarmoqdagi boshqa kompyuterlarni serverga sozlash uchun "c:\Windows\System32\Drivers\etc\" papkasidagi hosts fayliga o'zgartirish kiritamiz.

Ushbu faylni bloknot dasturida ochib eng pastgi qismiga ushbu ma'lumotlarni kiritamiz.

 

192.168.11.1      mywebsite

 

"192.168.11.1" bu yerda serverimizning ip manzili "mywebsite" esa serverdagi bizga kerakli domen nomi. Agarda siz local tarmoq orqali bir necha domenlarga ruxsat bermoqchi bo'lsangiz yuqoridagi sozlamani yangi qatorlarga yozim "mywebsite" o'rniga domen nomini kiritasiz.

 

Tarmoq sozlamalari to'liq ishga tayyor tarmoqdagi kompyuterlar brauzeridan kirittgan domen nomi bo'yicha "mywebsite" serverga murojaat qilaverasiz.

шаблоны для dle 11.2

Ma`lumotnoma
Xabarga izoh qoldirish uchun iltimos saytimizda ro`yxatdan o`ting.
Ommabop yangiliklar