Tryuklar / Bu qiziq
0
10.06.2017 19:39 Manuchehr 471 0

Elektron darslik yaratish

HTML to Chm dasturini ishga tushirish va unda elektron darslik tayyorlash.
HTML to Chm dasturi asosan 5 ta qismdan iborat.
Bular:
1) Создать
2) Страницы
3) Содержание
4) Редактор
5) Извлечь
Endi ushbu qismlar bilan tanishib chiqsak.
Содержание bo’limida hosil qilinadigan elektron darslik tarkibi sozlanadi.

 

 

Bu qismda ma’lumotlar joylashgan papka ko’rsatiladi va shu joyga .hhc kengaytmali hosil qilinadigan chm fayl tarkibi yozilgan fayl Пуск tugmasini bosish bilan yaratiladi. Aynan shu fayl chm fayl tayyorlash uchun muhim hisoblanadi.

 

 

 

Пуск tugmasi bosilgandan so’ng avtomatik ravishda tahrirlash, ya’ni Редактор oynasi ochiladi

 

 

Bu qismda elektron darslikning tarkibi tahrirlanadi. Редактор bo’limi ikki oynadan iborat. O’ng oynada mavjud HTML sahifalar va chap qismda chm fayl tarkibini ko’rish munkin. Bu qismda uskunalar paneli yordamida fayllarni tahrir qilish imkonoyati mavjud. Bularga fayllarni qayta nomlash, o’chirish va alfavit tartibi bo’yicha joylashni misol qilish mumkin.
Kerarlicha chm fayl tarkibini tahrirlab bo’lganimizdan so’ng Сохранить tugmasini bosamiz va dasturning bu qismidan chiqamiz.
Создать bolimida asosiy elektron darslik tayyorlash ishlari yakunlanadi.

 

 

Bu qismda quyidagi asosiy maydonlar mavjuddir.
Папка maydoni. Bu maydonda ma’lumotlar va tayyorlab olingan .hhc kengaytmali fayl joylashgan papka ko’rsatiladi.
Название maydoni. Bu maydonda elektron darslikka nom beriladi.
Главная maydoni. Elektron darslikning bosh sahifasi ushbu maydonda tanlanadi.
Выход maydonida elektron darslik kompyuterning qaysi qismiga saqlanishligi ko’rsatiladi.
Папка maydonida kerakli papka ko’rsatilgandan so’ng avtomatik ravishda bosh sahifani tanlash oynasi ochiladi. Bosh sahifa tanlanib OK tugmasi bosiladi.

 

 

Elektron darslik tayyorlashda ushbu bo’limning Язык maydoniga ahamiyat qaratmoq lozim. Agar ma’lumotlar Kiril yozuvida bo’lsa albatta Русский tanlanishi, Lotin yozuvida bo’lsa Английский tanlanishi maqsadga muvofiq, yo’qsa ma’lumotlar tarkibi shrifti tushun bo’lmaydigan yozivlarga o’zgarib qoladi.
Quyidagi rasmda chap tarafdagi ma’lumotlar ro’yhati shriftlari kiril yozuvida Язык maydonida esa Английский tanlanga. Shu sababli shriftlar tushunarsiz holatga kelgan.

 

 

Chm fayl ko’rinishidagi elektron darslik tayyorlashni Пуск tugmasini bosish bilan yakunlanadi.

 

 

htm2chm dasturining qo’shimcha imkoniyatlari.
Создать bolimida formatlarni sozlash imkonoyati mavjud, buning uchun Формат
maydoni to’g’ridagi Редактировать tugmasi bosiladi.

 

 

Kerakli sozlashlarni bajarib bo’lgandan so’ng OK tugmasini bosiladi. Natijada bundan keyin tayyorlangan elektron darslliklar ana shu uskunalar va imkoniyatlarni o’zida mujassamlashtiradi. Formatlarni sozlash oynasida 3 ta maydon mavjud. Bular:
Панель maydonida elektron darslikning tarkibi,joylashish holati sozlanadi
Окно maydonida ochiladigan oyna o’lchamlari va ba’zi imkoniyatlarni sozlash mumkin.
Кнопки maydonida elektron darslikda mavjud bo’ladigan tugmalarni sozlash mumkin.
htm2chm dasturining Страницы bo’limi.
Bu bo’limda sahifalarni chm fayl holatiga keltirish imkoniyati mavjud

 

 

Bolimda tayyorlangan faylga misol.

 

 

htm2chm dasturining Извлечь bo’limi.
Bu bo’limda tayyor elektron darslikni qismlarga ajratish amali bajariladi. Bizga ma’limki chm fayl bir yoki bir necha sahifalardan tarkib topadi. Извлечь bo’limida bo’lsa ana shu tarkib parchalab yuboriladi. Va har bir sahifa alohida chm fayl ko’rinishini oladi.

 

 

Файл maydonida bo’laklarga ajratilishi kerak bo’lgan fayl tanlanadi
Папка maydonida ajratiladigan bo’laklar qaysi joyga saqlanishi ko’rsatiladi.

 

шаблоны для dle 11.2

Ma`lumotnoma
Xabarga izoh qoldirish uchun iltimos saytimizda ro`yxatdan o`ting.
Ommabop yangiliklar