Tryuklar / Bu qiziq
1
11.06.2017 12:48 Manuchehr 619 0

Windows 7 OSni o'rnatish

Windows 7 operatsion tizimi 2009-yilda ishlab chiqarilgan bo'lib sotuvga 2010-yilning 22-oktabrida chiqarilgan.

U dizayn buyicha Windows VISTAdan va tezlik buyicha Windows XP dan o'zib ketdi. "7" soni Microsoft Windows korporatsiyasini yangi Operatsion tizimi ekanligini bildiradi. Windows 7 ni o'rnatish haqida gapiradigan bo'lsak ushbu maqolani printerdan chiqarib olib qo'llanma sifatida ishlatishingiz tavsiya qilinadi.

Windows 7 operatsion tizimini texnik talablari:

         Xar qanday dasturni kompyuteringizga o'rnatishdan oldin uning texnik talablari bilan tanishib chiqishingizni maslaxat bergan bo'lardim. Bu ayniqsa OT o'rnatguncha muhim ahamiyatga ega. Windows 7 OT ni to'liq talablari bilan mana bu yerda tanishishingiz mumkin.

Qisqacha (odatdagi) talablar:

  • x32 yoki X64 razryadli protsessor. Ish chastotasi 1 Gigagers (1GHh) yoki undan yuqori;
  • 1GB (x32 uchun) yoki 2 GB (x64 uchun) operativ xotira (OZU);
  • 16 GB (x32 uchun) yoki 20 GB (x64 uchun) vinchesterda bo'sh joy;
  • Videokarta DirectX 9 WDDM 1.0 versiyasi bilan yoki undan yuqori.

O'RNATISH:

       Agar sizda XP yoki Vista o'rnatilgan bo'lsa siz uni windows 7 ga yangilasangiz buladi, buning uchun o'rnatguncha «Обновление» ga bosing. Lekin biz kerakli fayllaringizni kerakli joyga saqlab quyib xammasini 0 dan o'rnatishingizni maslaxat beramiz.

       Diskni kompyuterga qo'yib, kompyuterimizga perezagruzka beramizda diskni birinchi bo'lib o'qitamiz. Keyin disk kompyuterga kerakli fayllarni tashlab olayotganini kuramiz. Keyin esa kerakli tilni tanlashni so'raydi (agar disk Rossiyadan chiqqan bulsa rus tilini avtomatik tarzda tanlaydi)

 

 

   Navbatdagi oynada bilga kelishuv shartlarini tasdiqlashni taklif qilinadi. Galochkani quying va davom etib ketavering

 

 

Chiqqan oynada bizga 2 ta variant berishadi. Birinchi variant xaqida yuqorida aytgandik. Buning uchun bir necha soat vaqt ketadi. Xozirgi xolatda biz «Полная установка» ga bosamiz

 

 

   Keyingi oynada biz kerakli yana bir savolga javob topamiz:

Vinchesterda yangi bo'lim ochish yoki uni bo'laklarga bo'lish

        Odatda vintni biz 2 bo'lakga bo'lamiz: 1-bo'lakka tizim bilan bog'liq fayllarni saqlaymiz. 2-bo'lakka esa bizga kerakli faylar (qo'shiqlar, videolar, xujjatlar va boshqalar)ni saqlaymiz. Chunki keyinroq tizimga zarar yetganda qaytadan windows o'rnatishimizga to'g'ri kelganda noqulayliklar tug'ilishi yoki bulmasa fayllar o'chib ketmasligi uchun. Demak davom etamiz. Agar sizning qattiq diskingiz qismlarga bo'linmagan bo'lsa «Полная установка» bulimiga kirganimizdan keyin quyidagi oyna ochiladi

 

 

  Yangi bulim ochish uchun biz «Настройка диска» ga bosamiz. Yangi oyna ochiladi va qismlarga bulish uchun qushimcha variantlar chiqadi. Kerakli xajmni kursatib «Применить» ga bosamiz.

Natijada:

 

 

"OK" ga bosganimizdan keyin esa:

 

 

Eng pastda esa biz yaqinda xosil qilgan bulimimiz kurinib turadi. Unga esa unchalik xam chiroyli bulmagan nom berilgan: «Незанятое место на диске» Endi esa windows 7 ni o'rnatish boshlandi hisob buning uchun «незанятом месте» ga bosib «Создать» ga bosamiz. Keyin yangi bo'limimizni hajmini kiritib  «Применить» ga bosamiz

 

 

Endi esa winwoswni qaysi bulimga o'rnatishni tanlab «Далее» ga bosamiz. Windows 7 ni o'rnatish davom etamiz

 

 

O'rnatish vaqtida sizning kompyuteringiz bir necha bor o'chib yonadi (perezagruzka). Sizga bu jarayonda ishtirok etmasdan sizning ismingiz suralguncha kutib turishingizni maslaxat beraman. DIQQAT! Qandaydir sababga ko'ra o'rnatish juda uzoq vaqtga cho'zilsa a ekran o'zgarishsiz tursa amallarni qaytadan bajarishingizni maslaxat beraman.

 

 

Ismingizni kiriting. Ismni tizim o'zicha quyadi. Xoxlasangiz almashtirishingiz mumkin. Keyingi oynada sizdan asosiy administratorga parol quyishni suraydi

 

 

Keyingi oynada siz operatsion tizimni aktivlashtirish uchun regstratsiya kodingizni kiritishingiz kerak. U sotib olgan diskingizni qutisini ustida yoki diskni ustida buladi. (O'zi xamma firmalar kabi Microsoft koorporatsiyasi xam dasturlarini sotish uchun chiqaradi lekin bizlar noqonuniy usul bilan foydalanib urganib qolganmiz, sotib olish xayolimizga xam kelmagan bulsa kerak) Agar siz litsenziyani sotib olmagan bulsangiz va demo versiyadan foydalanmoqchi bulsangiz katakni bush qoldiring va avtomatik aktivlashtirishdan galochkani olib kani olib quyamiz. Biz endi tizimni xavfsizligini sozlash oynasiga tushamiz. Xamda windows avtomatik yangilanishini xam belgilaymiz. Diqqat xar oyda yangilanish uchun bir necha yuz megabayt trafik ketadi. Agar sizda internet unchalik yaxshi bulmasa yangilashni maslaxat bermayman. Siz esa «Отложить решение» ga bosing.

 

 

Keyingi oynada sizga sot belbog'i (Часовой пояс) tanlash imkoni bor. Bizni mintaqa uchun "GMT +5 Tashkent" ni tanlash maqsadga muvofiq buladi. «Далее» ga bosamiz:

 

 

Keyingi qadamda siz brandmauerni sozlashga kirasiz. Brandmauer - Tarmoqdan ximoyalanish uchun yaratilgan dasturdir. Bu dastur sizni xakerlar xujumi va boshqa xildagi zararlovchilardan ximoyalaydi. Agar siz kompyuterni uyda ishlatsangiz "Домашняя сеть" ni tanlangva jarayon tugashini oxirigacha kuting.

 

 

Endi esa kutilgan lahzalar keldi - Sizning kompyuteringizda o'z qo'lingiz bilan o'rnatgan Windows 7 operatsion tizimi ishga tushadi! Avtomatik tarzda o'rnatilgan dasturlarni siz puskdan ochib kursangiz buladi

 

 

Ishlaringizga omad tilaymiz!

шаблоны для dle 11.2

Ma`lumotnoma
Xabarga izoh qoldirish uchun iltimos saytimizda ro`yxatdan o`ting.
Ommabop yangiliklar